Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi

blog

Fuqarolarning bilim olish huquqini kafolatlash hamda turli sabablarga koʻra oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim olmagan shaxslar uchun eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish imkoniyati yaratilgan.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini mustaqil oʻzlashtirgan, tegishli yilda 16 yoshga toʻladiganlar tayanch oʻrta taʼlim (9-sinf), 18 yoshga toʻladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf) doirasida yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashishi mumkin.
Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish uchun har bir hududda maktablar belgilangan.
Eksternlar tegishli yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) belgilangan maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Eksternning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1)baholar (oʻzlashtirish) tabeli, agar mavjud boʻlsa;
2)eksternning 3,5x4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
3)pasport nusxasi, ekstern pasport olmagan boʻlsa, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asli koʻrsatilgan holda).
Talabgorlar (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2670) “Eksternat toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq, joriy oʻquv yili uchun bitiruvchilarga belgilangan fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar.
Talabgorlar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi topshiradigan maktablarda “Maslahat darslari” tashkil etiladi.
2020-2021 oʻquv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan maktablar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
/uploads/2021/03/eksternat-2021.xlsx

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot1-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yil dasturi

Maktab manzili