Shovot tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21 Oktabr – о‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Ona tilim-iftixorim" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbida tuman hokimining maslahatchisi D.Abdirimova, Respulika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi D.Togonova, ustoz va murabbiylar ishtirok qildi. O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼr va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda faol ishtirok qilgan bir guruh ustoz va murabbiylar tuman hokimligi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.