Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi

blog

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun  Sizda qanday bahona bor? 
 
Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda. 
 
Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang: 
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid) 
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov) 
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov) 
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova) 
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan) 
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot1-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili