Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi

blog

Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat yo'nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi

“Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-344-son, 30.09.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: Bog'dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo'yicha “yo'l xaritasi”; 2024–2027 yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko'rsatkichlari. Agentlik tomonidan Jamg'arma mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat yo'nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.  Bunda: 2025-yil 1-yanvardan: intensiv mevali bog' va uzumzorlarda tomchilatib sug'orish tizimlari o'rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so'mdan oshmagan miqdorda belgilanadi; suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash uchun subsidiya suv quvurlarining o'lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so'mdan 250 ming so'mgacha belgilanadi; “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko'chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi; ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi. ko'chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktyabrdan bekor qilinadi.

Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot tumani Shovot mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@shovot1-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yil dasturi

Maktab manzili