Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak,
Shavkat Mirziyoyev
Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan
Shavkat Mirziyoyev
Yuqori sinflarda bolalar shaxs boʻlib, jamoa boʻlib shakllanadi. Ayni oʻsha paytda ularni oʻzlari oʻrgangan muhitdan ajratib qoʻymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda taʼlim-tarbiyasiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois taʼlim jarayonining usluksizligini taʼminlash, oʻquv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Shavkat Mirziyoyev